O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

02.09.2018 10:17 Chop etish versiyasi

Qarshi shahrida Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻyildi

Qarshi shahrida Islom Karimov haykali poyiga gul qoʻyildi

Buyuk davlat va siyosat arbobi, oʻzbek xalqining atoqli farzandi Islom Karimov Oʻzbekistonni Birinchi Prezidenti sifatida istiqlol yillarida mamlakatimizni jahonda oʻz oʻrniga ega boʻlgan, mustaqil va mustahkam davlatga aylantirdi.

photo5215236036161022191.jpg

Erta tong. Birinchi Prezidentimizga qator yillar mehnat qilgan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri markazida oʻrnatilgan yodgorlik atrofiga butun jamoatchilik jam boʻldi.

photo5215346232136935804.jpg

Tantanali marosimda Oʻzbekiston Qahramonlari, fan va madaniyat, adabiyot va sanʼat namoyandalari, viloyatning keng jamoatchiligi, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

photo5215236036161022190.jpg

Islom Karimov Qashqadaryo viloyatining iqtisodiyotini koʻtarish, odamlarni rozi qilish yoʻlida tinim bilmay mehnat qildi. Viloyat ahli, yoshi ulugʻlar u kishining mehnatsevarligi, ezgu tashabbuslari va beminnat yordamlarini hamon unutishmaydi.

photo5215236036161022189.jpg

Viloyat hokimi Zafar Roʻziyev boshchiligidagi butun jamoatchilik vakillari Buyuk Yurtboshimiz haykali poyiga gullar qoʻydi, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

photo5215236036161022188.jpg

Islom Karimov bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning chuqur oʻylangan strategiyasini ishlab chiqqan va uni amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida mamlakatimizda va xalqaro maydonda yuksak obroʻ-eʼtibor qozondi. Birinchi Prezidentimiz boshlab bergan olamshumul islohotlar bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida izchil davom ettirilmoqda.

photo5215236036161022187.jpg

- Oʻzbekning asl farzandi, millatning dovyurak yoʻlboshchisi, Islom Abdugʻaniyevich Karimov Oʻzbekiston xalqining, shu bilan birga Qashqadaryo ahlining yuragida oʻchmas iz qoldirdi, - deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Eson Rajabov. – Viloyatga rahbarligi davrida hudud iqtisodiyoti jar yoqasiga kelib qolgan, totalitar tuzumning mohiyati yaqqol namoyon boʻlgan davrlar edi. Mana shunday ogʻir pallada keskin choralar koʻrib, viloyat iqtisodiyoti jonlantirdi. Orqada qolayotgan qishloq xoʻjaligi salmogʻini oshishiga xizmat qildi. Qiynalib qolgan xalqni manfaatini koʻzlab ish yuritdi. Dastlab ishni viloyatdagi ahvolni chuqur oʻrganishdan boshladi. Atrofiga vaziyatni yaxshi biladigan obroʻ-eʼtiborli rahbarlarni, mutaxassislarni toʻpladi. Ular bilan maslahatlashib ish tutdi. “Paxta ishi”da ayblangan 3 ming nafardan ortiq turli darajadagi qishloq xoʻjaligi xodimlarini qamoqdan ozod qilish, ularning nomlarini oqlash haqida sobiq ittifoq rahbariyatiga murojaat bilan chiqdi. Xoʻrlangan, kamsitilgan oʻksik qalbli onalarning, xotin-qizlarning, tirik yetim boʻlib qolgan bolalarning boshini siladi. Shu bois bu inson xotirasi xalqimiz qalbida abadiy qoladi.

photo5215236036161022186.jpg

Buyuk Yoʻlboshchini xotirlash tadbirlari davom etmoqda.

Oʻ.Barotov, OʻzA