Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.03.2017 14:56 Chop etish versiyasi

Qarshi serjantlar tayyorlash maktabida askarlar qasamyod qildi

Qarshi serjantlar tayyorlash maktabida askarlar qasamyod qildi Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining Qarshi serjantlar tayyorlash maktabida askarlarning harbiy qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, harbiylar, ota-onalar ishtirok etgan tadbirda Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida barpo etilgan professional milliy armiyamiz davlatimiz suvereniteti, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimizning tinch-osoyishta hayotini ishonchli ta’minlashda yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

– Harbiy qasamyodga sodiq bo‘lish muqaddas burchdir, – deydi oddiy askar Zokir Abdusamatov. – Men ham Vatan oldidagi yigitlik burchimni a’lo darajada bajarib, yorug‘ yuz bilan oilam bag‘riga qaytaman.

Harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, xonandalar ijrosidagi Vatan, tinchlik, ona va yoshlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
357






Все о погоде - Pogoda.uz