Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.01.2018 12:17 Chop etish versiyasi

Qarovsiz qoldirilgan avtomashina eshigi qulfini qaychi yordamida ochgan kimsaning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, 2018-yilning 3-yanvar kuni taxminan soat 21:00 larda, muqaddam sudlangan Dusmuxamedov Jamshid Adiljanovich, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan supermarket qarshisida, fuqaro Nabiyev Murod Baxtiyorovichga tegishli bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli avtomashina qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uning haydovchi tomondagi eshigi qulfini qaychi yordamida ochib, salonidan moddiy qiymatga ega buyumlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat joyida ushlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining rasmiy saytida xabar qilindi.

Mazkur holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Odam.jpg

Diqqat !!!
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

O'zA
7 024