O‘zA O`zbek

20.08.2019 Chop etish versiyasi

Qanliko‘l yoshlariga sovg‘a

Qanliko‘l yoshlariga sovg‘a

Mustaqilligimizning 28 yillik bayrami arafasida Qanliko‘l tumani markazidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining rekonstruksiya qilingan yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda Nukus shahridan 80 kilometr olisda joylashgan Qanliko‘l tumani markazi yangidan qurilmoqda.

photo5393491386696837991.jpg

photo5393491386696837994.jpg

1000 o‘rinli stadion, 180 o‘rinli madaniyat saroyi, Davlat xizmatlari markazi, poliklinika, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi binolari yangidan qurildi. Yoshlar markazi, maktab va boshqa ko‘plab ijtimoiy ob’ektlarda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.

1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining eski binosi o‘tgan asrning 70 yillarida qurilgan. Bu yerda asosan, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi yoshlari ta’lim olishgan. Maktabda ingliz tili fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Keyingi paytda o‘quvchilar soni ko‘payganligi sababli dars o‘tish jarayonida bir qator muammolar kelib chiqayotgandi.


photo5393491386696837995.jpg

photo5393491386696837998.jpg

photo5395324792271383342.jpg

Shuni inobatga olib, tumandagi Sanoat va transport kasb-hunar kollejining binosi maktabga berildi. Binoda yangi o‘quv yili oldidan keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy o‘quv jihozlari keltirib o‘rnatildi. Laboratoriya xonalari zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.

Muxtasar aytganda, ta’lim maskanida 510 o‘quvchi zamonaviy sharoitda o‘qishi barcha sharoitlar yaratildi.

1 700
Z.Jonibekov, A.Abdullaev (surat), O‘zA