Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.08.2017 16:50 Chop etish versiyasi

Qandli diabetga chalingan 48 bemor bolaga glyukometr va test tasmalari topshirildi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bemor bolalar hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlariga amaliy ko‘mak berish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog‘ligini mustahkamlash borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Poytaxtimizda Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xayriya aksiyasi ana shu tadbirlarning davomi bo‘ldi. Unda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi qandli diabetga chalingan 48 bemor bolaga glyukometr va test tasmalari topshirildi.

Tadbirda ota-onalar, mutaxassislar ishtirok etdi.

Yurtimizda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatning muhofazaga muhtoj qatlamlarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil va manzilli davlat siyosatini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Shakllantirilayotgan sog‘liqni saqlash va fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishning yangi tizimi jamiyatning yetarlicha himoya qilinmagan va ehtiyojmand qatlamlari davlat tomonidan maqsadli qo‘llab-quvvatlanishiga, tibbiy yordam ko‘rsatish va taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatining yanada yaxshilanishiga xizmat qilayotir.

Mohigul Qosimova, O‘zA
2 210






Все о погоде - Pogoda.uz