Ma’lumotlarga ko‘ra, GESlar ishlab chiqaradigan 1kVt elektr energiyasining o‘rtacha narxi 60-70 so‘m atrofida bo‘lar ekan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, GESlar ishlab chiqaradigan 1kVt elektr energiyasining o‘rtacha narxi 60-70 so‘m atrofida bo‘lar ekan. Demak, GESlar har jihatdan foydali va nisbatan arzon elektr energiyasi ishlab chiqarishda qo‘l keladi. Bu esa yurtimizning turli hududlarida yangi GESlar qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilishni bugungi kun talabiga aylantirmoqda.

“O‘zbekgidroenergo” jamiyatidan ma’lum qilishlaricha, ayni vaqtda 30 ga yaqin ana shunday loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri - Namangan viloyati Pop tumani Ohangaron daryosidagi “Qamchiq” kichik GESi. Kelgusi yil bahorda ish boshlashi kutilayotgan GESning o‘rtacha quvvati 26,5 MVt bo‘lib, yiliga qariyb 80 million kVt elektr energiya ishlab chiqaradi.

– Hozirda uch yuzdan ziyod ishchi mehnat qilayotgan qurilish ishlari qizg‘in bormoqda, – deydi “Transservis kom reliks” qurilish korxonasi bosh muhandisi No‘monjon Xo‘jaev. – Ular qariyb to‘rt kilometr uzunlikdagi tunel, tepada kichik suv ombori va suvni elektrga aylantiradigan inshootni qurmoqda. Ushbu ob’ekt ishga tushganda Pop tumani elektr energiya ta’minoti to‘liq ta’minlanishi kutilmoqda.

photo5413798653497290044.jpg

Tog‘ bag‘rida temir-beton va armaturalar asosida qurilgan tunelni ko‘rib, hayratlanmaslikning imkoni yo‘q, nazarimda. Axir, inson qo‘li va texnikalar qudrati bilan barpo etilayotgan bu inshoot dengiz sathidan ancha yuqorida joylashgan. Uning ichidan har daqiqada 33 kub suv katta bosib bilan oqib, Xitoydan keltirilgan uskunalarni harakatga keltirib o‘tadi.

Mazkur loyihani “Gidroproekt” jamiyati loyihalashtirgan va ayni vaqtda mutaxassislari qurilish sifatini kuzatib bormoqda. Ushbu ob’ekt ishga tushganda 50 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qamchiq” kichik GES: Qishloqlarda elektr ko‘payadi