Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 10:30 Chop etish versiyasi

Qamchiq dovonida yo‘ltanlamas-amfibiya sinovdan o‘tkazilmoqda

Qamchiq dovonida yo‘ltanlamas-amfibiya sinovdan o‘tkazilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga “TREKOL” yo‘ltanlamas maxsus transport vositasi keltirildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati dushanba kuni xabar tarqatdi.

“TREKOL” maxsus avariya-qutqaruv texnikasi Rossiyada ishlab chiqarilgan. Kamerasiz shinali uch taraflama uzatishli mashinada yo‘lning o‘zgarishiga qarab havo bosimi qo‘lda boshqarib boriladi. Yo‘ltanlamas yengillashtirilgan va sovuq o‘tkazmaydigan oyna-plastik qoplamali kuzovga ega.

Yo‘ltanlamas-amfibiya suvda, botqoqlik va qor bilan qoplangan joylarda ham bemalol harakatlanadi.

Ayni paytda “TREKOL” sinovdan o‘tkazilmoqda.

Xabarda aytilishicha, “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga ushbu rusumdagi ikkinchi yo‘ltanlamas transport vositasini xarid qilish rejalashtirilgan.

O‘zA
2 858