O‘zA O`zbek

24.08.2018 20:06 Chop etish versiyasi

Qalblarda shukronalik tuygʻusi bilan...

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxoʻjayev xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan muloqot oʻtkazdi.

Unda taʻkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimiz ogʻirini yengil qilish, odamlar uchun munosib turmush, mehnat, dam olish sharoitlarini yaratish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu jihatlar Toshkentda ham oʻz ifodasini topmoqda. Poytaxtimiz koʻz oʻngimizda kun sayin chiroy ochmoqda. Anhor va kanallar, ularning sohillari tozalanmoqda, yangi koʻngilochar maskanlari, madaniyat va istirohat bogʻlari barpo etilmoqda, mahalla va mavzelar obodonlashtirilmoqda, bolalar uchun oʻyingohlar, maktablar, sport majmualari barpo etilmoqda.Bu borada odamlarning koʻnglida kechayotgan fikr va mulohazalar, taklif va tavsiyalarga tayanib ish koʻrilayotgani kutilgan ijobiy natijalarni bermoqda.

Shu sababli Toshkent shahar hokimligi hamda ommaviy axborot vositalari oʻrtasidagi hamkorlikni tobora mustahkamlash, shahrimiz hayotiga doir yangiliklardan aholini xabardor qilish, tinch va osoyishta, farovon kunlar uchun shukronalik tuygʻularini mustahkam qaror toptirish dolzarb sanaladi. Bu esa shahar jamoatchiligi, mahalla faollari, jurnalistlarning birgalashib amalga oshirilajak hamkorlikdagi saʻy-harakatlariga bevosita bogʻliqdir.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, amaliy ishlarni matbuotda keng yoritish boʻyicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Nazokat Usmonova, OʻzA
1 498