Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

30.08.2018 16:57 Chop etish versiyasi

Qalblarda bayram shukuhi

Qalblarda bayram shukuhi

Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Buyuk va bebaho neʼmat – mustaqilligimizning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos ahamiyati yanada yuksalib bormoqda. Shu yillar davomida xalqimiz manfaati taʼminlanib, tinch va osuda hayotga erishildi, davlatimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori yanada yuksaldi.

Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi. Unda istiqlolning tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy ahamiyati, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, mamlakatimizda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish, xotin-qizlar, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami va samaralari xususida soʻz bordi.

Vatan, istiqlol, mehr-muhabbat, oqibat, vafo va sadoqatni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Tadbir davomida kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil qilindi. Ishtirokchilarga bayram sovgʻasi – kitoblar ulashildi.

B.Meliqulova, OʻzA
1 521