Bu soʻzlar baʼzilarga erish tuyular, lekin ular meniki va men ularni siz bilan oʻrtoqlashib hamfikrlar topishimga ishonaman.

Men sizga bayon qilmoqchi boʻlgan fikrlar koʻp yillardan beri koʻnglimning eng yashirin burchaklarida saqlangan, baʼzi his tuygʻular kabi birovga ayta olinmaydigan, begona nazarlardan pana qilinadigan, eng samimiy kechinmalarimdir. 

Bu satrlar yozilishiga ijtimoiy tarmoqlarda turli koʻrinishda OʻZBEKISTON haqida oʻzini oʻzbekistonlik sanayotgan baʼzilarning chiqishlari sabab boʻldi.

Ular Vatan haqida xuddi bir kamchiligi bor buyum yoki muddatini oʻtab boʻlgan ashyo haqida tushuntirgandek fikrlashadi. Men bunday munosabatni tasavvurimga sigʻdira olmayman... Axir Vatan ona-ku!.. Kim onani tanlab oladi yoki onasidagi biror nuqson uchun undan voz kechadi, omma oldida uni izza qiladi?..

Balkim shunday kimsalar topilar, lekin oʻzini oʻta bilimdon, oʻta ziyoli deb bilgan insonlar bu haqda “uzoq, har tomonlama mushohada” yuritishlari meni ham hayratga, ham dahshatga soladi.

Men Oʻzbekistonni SEVAMAN! Buning sabablari koʻp. Nainki bu makon dunyo iqlimlari ichida eng goʻzal va mukammallaridan boʻlgani uchun, balki shu tuproqdan yaralganim, shu zaminda unib-oʻsganim, kamolga yetganim uchun ham juda qadrli. Bu tuproqda mening alloma otamning, mehnatkash onamning, mehribon opamning hoki bor. Bu makonda meni tarbiyalagan, aziz qilgan xalq yashaydi.

Pishiqchilik davrida bozorga ataylab saharda boraman. Sarxil mevalarning rang-barangligidan koʻzim, eng nodir fransuz atirlaridan kam boʻlmaydigan hidlaridan dimogʻim huzur qiladi. Hayit namoziga ketgan erkaklarni saranjom hovlilarda, fayzli dasturxon bilan kutib olayotgan farishtadek ayollarni koʻrib, dilim yorishadi.

Toʻgʻri, hayot farovonligida biz hali Amerika yoki Yevropa davlatlariga yetganimiz yoʻq. Texnika va texnologiyalar rivojida bir qancha davlatlar bizdan ancha oldinda. Bu – haqiqat, lekin vaziyatni gʻiybat gaplar, loy chaplashga urinish bilan oʻnglab boʻlarmikan? Onamiz kompyuterda ishlashni bilmasa yoki fransuz tilida soʻzlashmasa, biz undan uyalamizmi?..

Oʻsha eng rivojlangan davlatlarda qoʻllari ketmon dastadan qadoq boʻlgan oʻzbek dehqonining samimiyati bormikan?.. Boshqorongʻi yoki emizikli qoʻshni kelinga dasturxonidagi tansiq taomdan ilingan onalarimizning kuyunchakligi-chi?..

Buvim rahmatlik birontamiz yiqilsak yo boshqa bir sabab bilan jonimiz ogʻrisa, “oʻzim tasaddiq boʻlay”, deyishlari hali qulogʻimda jaranglaydi. Ona tilimizdagi “oʻzim aylanay, oʻrgilay, qoqindiq boʻlay, girgitton boʻlay”, degan iboralarni tarjimasini topish qiyin boʻlsa kerak.

Oʻzbeklardagi or-nomus, shaʼn, hamiyat kabi tushunchalar ham insoniylikning yuqori choʻqqisi emasmi?..

Xonadonda chaqaloq tugʻilsa, yetti qoʻshniga “suyunchilagan”, motamlarda tobutkashlikni hech bir minnatsiz vazifam, deb bilgan shu sodda, samimiy, saxiy xalq emasmi?..

Bu tuproq ne-ne alloma, shoirlar, fozilu-fuzalo, jahongirlarga beshik boʻlgan. Oʻsha davr siyosati yoki jamiyatidan azob koʻrganlarida ham Vatan haqida qaynoq muhabbat bilan soʻzlaganlar.

Yashashdan maqsad faqat hech qachon toʻlmaydigan qorinni dunyo taomlari bilan toʻldirish, uyini turli hashamlar bilan bezash va shular orqali oʻz mavqeini koʻtaraman, deb oʻylash, hayot faqat xoyu-havasdan iborat, deb bilgan kimsalar mening Vatanimni sevmay qoʻya qolsinlar.

Biz katta yoʻldamiz. Ortimizda faxrli oʻtmish, oldimizda kelajak bor. Marramiz – aniq, qarorimiz – qatʼiy. Har bir oʻzini shu vatan farzandi, deb bilgan insonlar bolalarimiz farovon, shod-xurram, osoyishta yashashi, nabiralarimiz oʻz ona tillarida buyuk allomalarimizdan qolgan merosni oʻrganishi, kelajak avlodlarimiz qabrlarimiz ustida emin-erkin Qurʼon tilovat qilib, bizni yod etishlari uchun umrimiz boricha, aql-zakovatimiz, ilmimiz, qalb qoʻrimiz, bilak kuchimizni sarflaymiz.

Sharaflar, shonlarga toʻliq Vatanim.

Oʻlsam ayrilmasman quchoqlaringdan!..

Maqsuda Vorisova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
OʻzXDP fraksiyasi aʼzosi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qalbimdagi xazinam – Vatan!