O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Qalbaki hujjatlar bilan kredit olsa bo‘ladimi?

Qalbaki hujjatlar bilan kredit olsa bo‘ladimi?

Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Do‘stlik mahallasida yashovchi fuqaro A.A. prokuraturaga “Turonbank” ATB Jizzax filiali mansabdor shaxslarining jinoiy faoliyati yuzasidan murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.A. kredit so‘rab bankka murojaat qilmagan. Biroq bank xodimlari qalbaki hujjatlar bilan unga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun deb 30 million so‘m kredit ajratib, ushbu mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

518
Toshqul BEKNAZAROV, O‘zA