O‘zA O`zbek

21.08.2018 10:46 Chop etish versiyasi

Qadriyatlarni mustahkamlash mezoni

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari uchun 10 kunlik o‘quv-kursi tashkil etildi. Unda psixolog, huquqshunos va soha mutaxassislari ishtirokida maxsus treninglar o‘tkazilib, oilada vujudga keladigan muammolarni o‘z o‘rnida va puxta o‘rganish, ularga samarali yechim topish yo‘llari haqida tizimli ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslari bo‘yicha bilimlarini boyitdi.

“Oila, onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirish istiqbollari”, “Oilada hayotiy siklning bosqichlari. Oila va nikoh tushunchalarining psixologik sharhi” singari mavzulardagi ma’ruzalar ishtirokchilar uchun foydali bo‘ldi.

O‘quv-kursi yakunlari bo‘yicha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 950