Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2017 19:30 Chop etish versiyasi

Andijonda “Navro‘z yallasi – 2017” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Unda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan badiiy jamoalar ishtirok etdi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktabrdagi “2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, xalqimizning bebaho qadriyatlarini aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, bayram tantanalarida qatnashuvchi ijodiy jamoalarni saralab olish maqsadida viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda viloyat xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Tadbirda ishtirokchilar Navro‘z, bahor, ona yurt, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarni targ‘ib etuvchi laparlar, o‘lan va termalar, duetlar hamda estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlari, shuningdek, sumalak sayli, xalq o‘yinlari, hunarmandlik va bahor yumushlarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari orqali o‘z mahorat va iste’dodini namoyish etdi.

Asaka tumanining “Gulruh” folklor-etnografik jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Izboskan va Shahrixon tumanlari, uchinchi o‘rinni Baliqchi, Ulug‘nor, Xo‘jaobod tumanlari folklor-etnografik jamoalari egalladi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
2 545






Все о погоде - Pogoda.uz