O‘zA O`zbek

25.09.2020 Chop etish versiyasi

Pur Siddiq majmuasiga fotosayohat

Pur Siddiq majmuasiga fotosayohat

Margʻilon shahrida joylashgan Pur Siddiq majmuasida taʼmirlash-tiklash va keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari olib borildi. Margʻilon shahrining koʻrki boʻlgan Pur Siddiq majmuasi maqbara, masjid, kaptarxona, minora va darvozaxonadan iboratdir.

Maʼlumotlarga koʻra, majmuada birinchi boʻlib Muhammad Paygʻambarning yaqin doʻsti boʻlgan, islom targʻibotchisi - Siddiq dafn etilgan sagʻana ustiga maqbara qurilgan. Shu sababli bu maqbara “Pur Siddiq” maqbarasi degan nom olgan. Davrlar oʻtishi bilan maqbara atrofida masjid, darvozaxona, kaptarxona, minora kabi binolar qurilib, yaxlit bir meʼmoriy majmua paydo boʻlgan. Hozirgi kunda Pur Siddiq majmuasi davlat muhofazasiga olingan.

photo_2020-09-25_12-19-30.jpg

Ayni kunlarda majmuada ziyoratga kelgan mahalliy aholi hamda sayyohlar uchun sifatli xizmat koʻrsatilmoqda.

photo_2020-09-25_12-19-32.jpg

photo_2020-09-25_12-19-33.jpg

photo_2020-09-25_12-19-34.jpg

6 236
Muqimjon QODIROV (surat), OʻzA