O‘zA O`zbek

07.08.2018 10:36 Chop etish versiyasi

Prokuror-tergov xodimlari malakasi oshirilmoqda

Prokuror-tergov xodimlari malakasi oshirilmoqda

Bosh prokuraturada prokuror-tergov xodimlari malakasini oshirish maqsadida ekspert va mutaxassislar ishtirokida videokonferensaloqa rejimida o‘quv seminari tashkil etildi. 

Mazkur tashkilot axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirda Bosh prokuratura xodimlari, viloyatlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, tuman-shahar prokuraturalari tergovchilari, ish o‘rganuvchilar, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosining hududiy organlari surishtiruvchilari ishtirok etdi.

Seminar doirasida kriminalistik-texnika vositalarini qo‘llash, ekspertiza imkoniyatlari va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, shu jumladan, zamonaviy kriminalistik-texnik vositalari yordamida shaxsni identifikatsiya qilishning samarali usullari hamda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud ekspertizalarini tayinlash va o‘tkazishdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida kriminalistik-texnika vositalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmaslik borasidagi muammolar, sud ekspertizalarini tayinlash va o‘tkazishda yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar alohida ta’kidlanib, ishtirokchilarga ularni bartaraf etishga doir tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar fikr almashdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

O‘zA
2 899