Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.08.2017 17:17 Chop etish versiyasi

Profilaktika tadbirlari samarasi

Samarqand viloyatida haftaning chorshanba kunlari o‘tkazilayotgan yong‘inlar profilaktikasi tadbirlari doirasida korxona va tashkilotlar, muassasalar, aholi xonadonlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, bu borada fuqarolarning hushyorligini yanada oshirish borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Jumladan, 16-avgust kuni viloyat IIB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan tuman va shaharlarda mahalliy hokimliklar, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda 35 mahalla fuqarolar yig‘ini hamda 8 uy-joy mulkdorlari shirkatida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

– Kun davomida aholi xonadonlari, korxona-tashkilot, ta’lim va tibbiyot muassasalarining yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, uy egalari hamda mas’ul shaxslarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi, – deydi Samarqand viloyati IIB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi yong‘inga qarshi targ‘ibot guruhi katta muhandisi Rustam Anorov. – Aholining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tushunchasi hamda tabiiy gaz va elektr uskunalaridan foydalanishga oid ko‘nikmasini oshirish maqsadida besh nomdagi eslatma, yo‘riqnoma va murojaatnomalar tarqatildi. Mahalla va tashkilotlar hududidagi 24 yerosti suv olgichlari, 15 suv havzasining holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari keng jamoatchilik ishtirokida har bir mahallada tahlil etilib, xavfsizlik qoidalariga zid harakatlarni bartaraf etish choralari belgilandi. Davlat tasarrufidagi 50 dan ortiq maskanning yong‘inga qarshi holati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan rahbarlarga yozma ko‘rsatmalar berildi.

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 18 nafar fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi. Yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan 6 korxona, tashkilot, muassasa faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi hamda 62 nosoz gaz va elektr asbobidan foydalanish taqiqlandi.

Olib borilayotgan profilaktika tadbirlari natijasida viloyatda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa tashkilotlarda yong‘in bilan bog‘liq noxush holatlar kamayishiga erishildi. Bu boradagi tushuntirish-targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.

G‘olib Hasanov, O‘zA
1 167






Все о погоде - Pogoda.uz