O‘zA O`zbek

29.08.2018 19:43 Chop etish versiyasi

Profilaktik hisobda turgan 70 nafar yoshroʻyxatdanchiqarildi

Profilaktik hisobda turgan 70 nafar yoshroʻyxatdanchiqarildi Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi yoshlarni toʻgʻri yoʻlga solish, ularni sport va kasb-hunarga jalb etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan ichki ishlar boʻlimlarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirokida muntazam profilaktik uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.

Joriy yil 15-24 avgust kunlari “Shoʻrtanneftgaz” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi Yakkabogʻ tumanida joylashgan “Shoʻrtan qaldirgʻochi” oromgohida ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmaganlar uchun tarbiya va sport-sogʻlomlashtirish oromgohi tashkil etildi.

Oromgohda bolalarning mazmunli dam olishi uchun madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy, sport-sogʻlomlashtirish hamda huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar, amaliy mashgʻulotlar, oʻquv seminarlari, davra suhbatlari va uchrashuvlar oʻtkazildi.Ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turuvchi 122 nafar voyaga yetmagan bola turli tadbir, tanlov va loyihalarda faol qatnashdi. Jinoyatchilik koʻchasiga adashib kirib qolganini anglab yetgan bolalarning 70 nafariga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan ijobiy tavsiyanomalar berilib, muddatidan oldin hisobdan chiqariladigan boʻldi.

– Oromgohda bolalarni dam oldirish davomida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi boʻlimi mudiri Mahliyo Shukurova. – Ularning qiziqishiva isteʼdodi hisobga olinib, Yoshlar markazidagi toʻgaraklarga yoʻnaltirildi. Boisi, hech kim onadan jinoyatchi yoki xulqi buzuq boʻlib tugʻilmaydi. Oiladagi munosabat va turli tashqi omillar taʼsirida notoʻgʻri yoʻlga adashib kirib qoladi. Bizning maqsadimiz ana shunday bolalarni toʻgʻri yoʻlga solib, isteʼdodini namoyish etishiga imkoniyat yaratib berish.

Oʻlmas Barotov, OʻzA
2 988