O‘zA O`zbek

10.08.2018 17:57 Chop etish versiyasi

Professor-o‘qituvchilar Moskvada malaka oshirmoqda

Professor-o‘qituvchilar Moskvada malaka oshirmoqda
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xodimlari Moskva davlat universitetida malaka oshirmoqda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilardan iborat xodimlarni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetiga malaka oshirish uchun yubordi. Malaka oshirish muddati ikki haftani tashkil etadi.

Joriy yilning 5-avgustidan 19-avgustiga qadar jami 15 nafardan iborat professor-o‘qituvchilar Moskva davlat universiteti bilan imzolangan o‘zaro kelishuvga binoan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni modellashtirish, istiqbol ko‘rsatkichlarni hisoblash va tanqidiy tahlil qilishning usul va vositalari bo‘yicha o‘z malakalarini oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro hamkorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorida belgilangan professor-o‘qituvchilarning yuqori kasbiy mahorat va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash to‘g‘risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

O‘zA
3 087