O‘zA O`zbek

18.07.2019 Chop etish versiyasi

Prezidentning bajarilgan topshirigʻi yoxud bugunning “Toʻmaris” ayoli

Prezidentning bajarilgan topshirigʻi yoxud bugunning “Toʻmaris” ayoli

Safar taassurotlarga boy boʻlganidan keyin qaysi biri haqida soʻzlab berishga oʻylab ham qolarkansan. Oʻzbek xalqining jasoratli generallaridan biri Oʻtkir aka Komilov bilan Surxondaryo viloyatining Uzun va Sariosiyo tumanlariga qilgan sayohatimiz xususida birinchi maqolamizda soʻz ochgan edik.

Ammo Termizga yetib kelganimizda, Amudaryo ustiga qurilgan ulkan koʻprikka koʻzimiz tushib, uning shu kungacha saqlanib qolishiga sababchi boʻlgan inson toʻgʻrisida hikoya qiluvchi maqola yozishga toʻgʻri keldi.

Ushbu maqola OʻzA saytida bosilib chiqdi. Yetmish sakkiz yoshli Ismoil Joʻrabekovning jasorati va oqilona ishlaridan biri haqida yoshlarga ibrat tarzida bitilgan bu maqoladan keyin biz safarimizni davom ettirdik. Ammo yoʻlda Oʻtkir aka yana bir olov qalb hamyurtimiz toʻgʻrisida hikoya qilib qoldilar. Koʻnglimdan “Kimligini soʻraganim bilan yana aytmasa kerak”, degan gumon oʻtdi.Shunga qaramay, general nazarda tutgan inson bilan bilan qiziqdim.

– Keling, yaxshisi safardan qaytgach, men sizni u ayol bilan tanishtirib qoʻyaman, – dedi Oʻtkir aka odatdagiday xotirjamlik bilan.

– Bu galgi qahramonimiz ayol kishimi? – hayron boʻlib soʻradim hamrohimdan.

– Bugunning Toʻmarisi! Men Boʻritosh Shodiyevaga xuddi shunday taʼrif bergan boʻlardim.

Oʻyga toldim. Boʻritosh Shodiyeva toʻgʻrisida bilganlarimni esladim. Bor-yoʻgʻi ikkitagina maʼlumot yodimga tushdi, xolos: biri respublika Xotin-qizlar qoʻmitasida rais oʻrinbosari boʻlib, ikkinchisi esa Oliy majlisda ishlagani.

Qiziq, Oʻtkir Komilovdek generalning maqtoviga sazovor boʻlgan bu ayol qanday qahramonlik koʻrsatgan ekan? Nega shu paytgacha biror matbuotda gapirilmagan yoki televideniyeda koʻrsatilmagan?

– Bu galgi qahramonimizning jasorati bevosita Uzun va Sariosiyo tumanlaridagi oʻsha mashʼum voqealar bilan bogʻliq, –deb hikoyasiga biroz oydinlik kiritdi Oʻtkir Komilov.

Menda jonlanish paydo boʻldi. “Xayriyat”, dedim ichimda, safar taassurotlarimni yozish yana keyinga qolmas ekan. Oʻtkir akadan tezroq hikoya qilib berishlarini soʻradim. Biroq general bu gal ham shoshmadi.

– Siz voqealarning qanday boʻlganini opadan soʻrab bilasiz. Boshidan oʻtkazgan musibatlarni miridan sirigacha oʻzlari gapirib bergani maʼqul, negaki, Boʻritosh Shodiyevaning bilganlarini u kishidan ortiq hech kim soʻzlab bera olmaydi.

Nima ham derdim?! Oʻtkir aka haq, inson hayoti davomida sodir boʻlgan voqea-hodisalarni, shodlik va tashvishlarni, yurak tubiga berkitgan siru sinoatlarini oʻzi gapirib berganiga nima yetsin?! Suhbatdoshingning jim qotgan nigohi ham, koʻzdan oqqan bir tomchi yoshi ham, jilmaygan yuzi-yu, qimtingan labigacha koʻp narsani anglatishi mumkin. Buni faqat sezish kerak, his etish lozim.

Aziz oʻquvchi, yurtimizning Uzun va Sariosiyo tumanlariga bostirib kirgan ekstremistlarning jinoyatlari haqidagi mavzuni yana keyinga qoldiradigan boʻldim. Boʻritosh Shodiyevani izlab topganim va Oʻtkir aka taʼriflagandek, “Bugunning Toʻmarisi” bilan boʻlib oʻtgan suhbatning tafsilotlarini sizga tezroq yetkazishga oshiqdim.

JASORATNING TUGʻILISHI

Oltmish oltini qoralangan, sochlarini qirov bosgan, keng peshonasida shafqatsiz hayotning qat-qat izi qolgan Boʻritosh opa gapga ancha chechan boʻlsa-da, koʻngildagi sirlarni darhol oshkor qiladigan ayollar toifasidan emas ekan. Ayni paytda olib borayotgan ishlari xususida toʻlqinlanib gapirib berdi, ammo oʻzi koʻrsatgan jasoratlar haqida soʻz ketganda xayolga toldi. Keyin menga maʼnoli nigoh tashlab, “Sirligicha qola qolsin”, dedilar astagina.

“Yoshlarga ibrat qilib koʻrsatamiz”, dedim, yaqin tariximizni oʻrganyapmiz deb vaj koʻrsatdim, mustaqillik uchun kurashgan, uni saqlab qolish uchun jonini tikkan insonlarni xalqimiz bilishi lozimligini tushuntirdim. Biroq opa negadir jim edi. Tabiatan tortinchoq emasman, qaysarlik, oʻjarlik kabi xislatlarim ham bor. Ofisimdagi devorga ham “Hech qachon taslim boʻlma!” degan maqolni hayotiy shior qilib yozuv qoʻyganman... Moskvadagi Oliy partiya maktabining tinglovchisiman, – va nihoyat, ancha yillar avval roʻy bergan voqeani soʻzlab berishga rozi boʻldi Boʻritosh opa. Aslida men Surxondaryoning Uzun va Sariosiyo tumanlarida koʻrsatgan qahramonliklarini yodiga solib, shu haqida gapirib berishlarini iltimos qilgandim. Biroq suhbatni uzoq Moskvadan boshladilar. Umuman olganda, debochasi chakki emas edi. Qalbiga yoʻl topsam, hammasini bilib olaman, deb oʻylab, sabr qilishga qaror qildim.

– Bu vaqtda respublikamizda sobiq SSSR Prokuraturasining tergovchisi Gdlyan boshchiligidagi maxsus guruh butun kuch-qudratini, makrini, shafqatsizligini ishga solib, xalqimizning asl farzandlarini elakdan oʻtkazayotgan edi. Goh markaziy televideniyeda, goh matbuotda Gdlyanning intervyulari berib borilar, faktlarda asosan oʻzbekistonlik rahbarlarning olgan poralari, ular topshirayotgan pullar, oltin va kumushlar toʻgʻrisida gap ketardi.Prezidentning bajarilgan topshirigʻi yoxud bugunning “Toʻmaris” ayoli

Safar taassurotlarga boy boʻlganidan keyin qaysi biri haqida soʻzlab berishga oʻylab ham qolarkansan. Oʻzbek xalqining jasoratli generallaridan biri Oʻtkir aka Komilov bilan Surxondaryo viloyatining Uzun va Sariosiyo tumanlariga qilgan sayohatimiz xususida birinchi maqolamizda soʻz ochgan edik.

Ammo Termizga yetib kelganimizda, Amudaryo ustiga qurilgan ulkan koʻprikka koʻzimiz tushib, uning shu kungacha saqlanib qolishiga sababchi boʻlgan inson toʻgʻrisida hikoya qiluvchi maqola yozishga toʻgʻri keldi.

Ushbu maqola OʻzA saytida bosilib chiqdi. Yetmish sakkiz yoshli Ismoil Joʻrabekovning jasorati va oqilona ishlaridan biri haqida yoshlarga ibrat tarzida bitilgan bu maqoladan keyin biz safarimizni davom ettirdik. Ammo yoʻlda Oʻtkir aka yana bir olov qalb hamyurtimiz toʻgʻrisida hikoya qilib qoldilar. Koʻnglimdan “Kimligini soʻraganim bilan yana aytmasa kerak”, degan gumon oʻtdi.Shunga qaramay, general nazarda tutgan inson bilan bilan qiziqdim.

– Keling, yaxshisi safardan qaytgach, men sizni u ayol bilan tanishtirib qoʻyaman, – dedi Oʻtkir aka odatdagiday xotirjamlik bilan.

– Bu galgi qahramonimiz ayol kishimi? – hayron boʻlib soʻradim hamrohimdan.

– Bugunning Toʻmarisi! Men Boʻritosh Shodiyevaga xuddi shunday taʼrif bergan boʻlardim.

Oʻyga toldim. Boʻritosh Shodiyeva toʻgʻrisida bilganlarimni esladim. Bor-yoʻgʻi ikkitagina maʼlumot yodimga tushdi, xolos: biri respublika Xotin-qizlar qoʻmitasida rais oʻrinbosari boʻlib, ikkinchisi esa Oliy majlisda ishlagani.

Qiziq, Oʻtkir Komilovdek generalning maqtoviga sazovor boʻlgan bu ayol qanday qahramonlik koʻrsatgan ekan? Nega shu paytgacha biror matbuotda gapirilmagan yoki televideniyeda koʻrsatilmagan?

– Bu galgi qahramonimizning jasorati bevosita Uzun va Sariosiyo tumanlaridagi oʻsha mashʼum voqealar bilan bogʻliq, –deb hikoyasiga biroz oydinlik kiritdi Oʻtkir Komilov.

Menda jonlanish paydo boʻldi. “Xayriyat”, dedim ichimda, safar taassurotlarimni yozish yana keyinga qolmas ekan. Oʻtkir akadan tezroq hikoya qilib berishlarini soʻradim. Biroq general bu gal ham shoshmadi.
– Siz voqealarning qanday boʻlganini opadan soʻrab bilasiz. Boshidan oʻtkazgan musibatlarni miridan sirigacha oʻzlari gapirib bergani maʼqul, negaki, Boʻritosh Shodiyevaning bilganlarini u kishidan ortiq hech kim soʻzlab bera olmaydi.

Nima ham derdim?! Oʻtkir aka haq, inson hayoti davomida sodir boʻlgan voqea-hodisalarni, shodlik va tashvishlarni, yurak tubiga berkitgan siru sinoatlarini oʻzi gapirib berganiga nima yetsin?! Suhbatdoshingning jim qotgan nigohi ham, koʻzdan oqqan bir tomchi yoshi ham, jilmaygan yuzi-yu, qimtingan labigacha koʻp narsani anglatishi mumkin. Buni faqat sezish kerak, his etish lozim.

Aziz oʻquvchi, yurtimizning Uzun va Sariosiyo tumanlariga bostirib kirgan ekstremistlarning jinoyatlari haqidagi mavzuni yana keyinga qoldiradigan boʻldim. Boʻritosh Shodiyevani izlab topganim va Oʻtkir aka taʼriflagandek, “Bugunning Toʻmarisi” bilan boʻlib oʻtgan suhbatning tafsilotlarini sizga tezroq yetkazishga oshiqdim.

“SHIFOKOR BOʻLIB BORASAN!”

Bu voqeani soʻzlab berishga koʻndirish men uchun oson boʻlmadi. Tushunaman, yuqori lavozimlarda ishlangan rahbar kadrlar uchun davlat ahamiyatiga ega boʻlgan maʼlumotlarni maʼlum muddat oshkor qilmaslik talab yetiladi. Lekin shaxsning amalga oshirgan jasorati qanchalik muhim, qanchalar sir boʻlmasin, xalqqa, ayniqsa, ertangi kunning egalari boʻlmish yosh avlodga yetib borishi kerak emasmi? Yoshlar oʻzlarining ota-onalari, mahalladosh yoxud yurtdoshlarining mardlik namunasi boʻlmish voqea-hodisalarning tafsilotlari bilan qanchalar erta tanishsa, ularda insonlarga boʻlgan mehr-muhabbat, vataniga boʻlgan sadoqat shunchalar tez shakllanadi va kattalarday mard, jasur va dovyurak boʻlishga intilishmaydimi?

Oʻtkir aka bilan Uzun va Sariosiyo tumanlariga qilgan sayohatimiz, yovuz niyatli kimsalarning nima uchun aynan shu ikki hududga kirishgani, u yerlarda jangarilar toʻdasi bilan olib borilgan jang, ularning koʻrsatgan qarshiliklari xususida toʻplagan faktlarim, soʻrab-surishtirishlarim asosida “Snayper” degan qissa yozganim va bu asar 2018-yilda “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan kitob holida nashr etilgani haqida ancha gapirib berganimdan keyingina Boʻritosh opaning diliga yoʻl topganday boʻldim.

– Bir bir savol qiynaydi, – deya soʻrayman Boʻritosh opadan. – Jangarilar toʻgʻrisidagi maxfiy maʼlumotlarni Bosh qoʻmondonga kim yetkazdi? Maxsus razvedkadagilarimi yoki oʻsha yerdagi aholi vakillari orasida oʻz odamimiz boʻlganmi?

Xuddi shu savol Boʻritosh opaning yurak tubiga yashirib qoʻygan sirlarni ochishga turtki boʻldi, deb oʻylayman.

– Bilmasangiz qoʻymaysiz shekilli? – deya menga maʼnodor qarab qoʻydi suhbatdoshim.

– Axir shu niyatga kelganman, – dedim tashrifimning boisini ochiq aytib.

– U vaqtda men ... vazifasida ishlardim. Bir kuni Oʻzbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov huzuriga chaqirib, Surxondaryoning Uzun va Sariosiyo tumanlarida gʻaraz niyatli kimsalar paydo boʻla boshlagani toʻgʻrisida tashvishlanib gapirib qoldilar.

Hayron boʻldim, axir men ayol kishiman, bunday xatarli yumushga qanday aloqam bori ekan? Nechun aynan menga soʻzlab beryapti? Shunday savollar koʻnglimdan oʻtarkan, Prezidentga yuzlandim.

– U yerga borish kerak. Hech kimda shubha tugʻdirmay bemalol kirish lozim. Shundagina gazandalarning qanchaligini, qanday qurollarga ega ekanligini, yana qaysi qishloqlarda odamlari borligini bilib olamiz.

– Ayol kishi begona qishloqqa qanday kirishi mumkin? Faqat shifokor boʻlib.

– Ha, dilimdagini topding. Kallang ishlaydi, Boʻritosh Aminovna! Prezident birinchi marta menga rasmiy murojaat qilayotgan edi. Gʻalati boʻlib ketdim. Gaplarini diqqat bilan tinglay boshladim.

– Toʻgʻri aytding, Uzun va Sariosiyoga “shifokor” boʻlib kirib borasan. Yoningga uch-toʻrtta oʻzingga ishongan ayollarni olgin-da, borib qishloq ayollarini koʻrikdan oʻtkaz. Agar yanglishmasam, fors tilini yaxshi bilasan. Shuning uchun butun diqqat- eʼtiboring qishloqdagi begona odamlarda boʻlsin. Ular nima ish bilan band, bir-birlari bilan nima haqida gaplashyapti, hammasini bilishim kerak. Tushundingmi, bu juda muhim topshiriq. Senga ishonganim uchun ham aytyapman, bu gaplarni.

Prezidentning tashvishini toʻgʻri tushunardim. Yurtimizga suqilib kirmoqchi boʻlgan har qanday yovuz niyatli maxluqlar u kishini qattiq ranjitar edi. Jangarilar tinch aholiga tashvish keltirishi, farovonlikka raxna solishi aniq edi. Toshkentdagi qoʻporuvchilik jinoyatlari tufayli qanchadan-qancha begunoh yurtdoshlarimiz nobud boʻlganiga hali uncha koʻp vaqt boʻlmagan edi. Nahot, endi Surxondaryoda davlatimizga tashvish tugʻdiradigan kunlar boshlangan boʻlsa?!

Shunday qilib, mamlakatimizning janubiga otlandim. Hamshiralikdan xabarim borligi uchun “shifokor” roliga kirish menga unchalik qiyinchilik tugʻdirmadi. Qishloqma-qishloq yurib, xotin-qizlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkaza boshladik. Biroq begona kishilar bizga shubha bilan qarashar, har bir bosgan qadamimizni erinmay kuzatishar edi. Boʻynigacha soqol qoʻygan, paxmoq sochli kishilarning ayrimlari hatto beva ayollarga uylanib ham olgan ekan. Ular xotinlarini tekshirishga qoʻyishmas, bizga qattiq qarshilik ham qilishardi. Shunday janjallarning birida barzangi bir kishi qarshimga keldi-da, ikki qoshimning oʻrtasiga musht tushirdi. Oʻzimni eplolmay orqaga yiqildim. Burnimdan tirqirab qon keldi. Biroq shafqat nima ekanligini bilmaydigan kimsa, bunga parvo ham qilmadi. Aksincha, toʻpponchasini peshonamga tirab, agar yana bir marta ayoliga soʻzimni oʻtkazadigan boʻlsam, u shartta otib tashlashini aytib dagʻdagʻa qildi. Menga xuddi shu bepisandlik bilan qilingan sovuq munosabat qattiq taʼsir qildi. Kim bu yerda xoʻjayin? Kelgindi kimsalarmi yoki shu yurtning fuqarosi boʻlgan bizlarmi? Ikkita qishloqni koʻrib ortga qaytmoqchi edim, ammo yuragimda tugʻilgan nafrat meni oxirigacha kurashga chorladi. Sariosiyoning deyarli barcha qishloqlarini koʻzdan kechirib chiqdim. Tunlari uyqum kelmay oʻt-oʻlanlar orasida, derazalarning tagida begonalarning gap-soʻzlariga quloq tutdim. Har bir koʻrgan va eshitganlarimni eslab qolishga harakat qildim. Qurol-yarogʻi saqlanadigan xonadonlarigacha bilib oldim. Kelasi oy yana ancha odamlar kelishidan ham xabar topdim. Baʼzi ayollarni gapga solib, kelgindilarning nima ish bilan shugʻullanayotganliklarini, yashirin reja tuzayotganliklarini taxminan bilganday edim. Ayol dardini ayol tushunadi deganlariday, ularni qiynayotgan muammolari haqida tinimsiz soʻzlay boshladim. Keyingi paytlarda nima uchun nogiron bolalar tugʻilishi koʻpayib ketayotgani tashvish bilan gapirdim, xuddi oʻz opa-singillarimday yaqin oldim. Hatto koʻz yoshi ham qilib oldim. Bu harakatlarim besamar ketmadi. Dardi ichida ayollarning baʼzilari qishloqlarda giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilar koʻpayib ketayotgani, hatto baʼzi erkaklar ana shu zormandadan isteʼmol qilayotganliklarini tashvish bilan gapirib berishdi. Giyohvand moddalar qayerdan kelyapti, degan savolimga esa Afgʻonistondan oʻtayotgan qoramollarni tekshirish kerakligini aytishdi. Ha, onalar barcha qiyinchiliklar, koʻrgiliklarga chidashi mumkin, ammo norasidalarining kelajagi haqida gap ketganda jim turisholmaydi. Buni faqat ona sifatida anglash va tushunish kerak.

Prezident bu ishga meni tanlaganda ana shularni nazarda tutgan boʻlsa kerak, deb oʻyladim va barcha maʼlumotlarni Bosh qoʻmondonga yetkazdim. Shunday qilib, jangarilar bilan olib borilgan jang uzoqqa choʻzilmadi. Giyohvand moddalarning yoʻli qirqildi. Bor gap, shu xolos. Buni qahramonlik deyish shart emas. Mening oʻrnimda boshqa ayol boʻlganda ham xuddi shunday qilgan boʻlardi. Vatanni asrab qolish uchun bor bilim va salohiyatini ishga solardi.

Boʻritosh opa hikoyasini oddiy qilib, “bor gap, shu xolos”, deb tugalladi. Toʻgʻri, bori shudir, ammo bu oʻzbek ayolining jasorati namunasidir.

Safardoshim Oʻtkir aka Komilov Boʻritosh opa haqida bugunning “Toʻmaris”i deb bejiz taʼrif bermagan ekan. Yana bir yurtdoshimning taqdirida kelajak yoshlar uchun namuna boʻladigan voqea tafsilotidan voqif boʻldim. Uni qogʻozga tushirdim va siz azizlarga yetkazdim. Buning uchun general-mayordan yana bir bor minnatdor edim.

1 883
Akbar MIRZO, OʻzA