O‘zA O`zbek

17.12.2019 Chop etish versiyasi

Prezidentimizning tashrifi O‘zbekiston uchun, yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochadi

Prezidentimizning tashrifi O‘zbekiston uchun, yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochadi

Akmal Burhonov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi:

– O‘zbekistonda barcha sohada shiddatli islohotlar amalga oshirilyapti. Bu jarayonga yosh, bilimli kadrlar kelib qo‘shilayotgani quvonarli. Ular orasida xorijda o‘qib, ishlab kelgan vatandoshlarimizning o‘rni muhim. Jumladan, Nagoya universitetida o‘qigan yoshlar bugungi kunda O‘zbekistonning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Prezidentimizning tashrifi Yaponiya hamjamiyati uchun ham ahamiyatli. Biz tashrif oldidan Yaponiya parlamenti, Adliya vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligida uchrashuvlar o‘tkazdik. Muzokaralarda Yaponiya tomoni O‘zbekistonda ta’lim va fanga alohida e’tibor berilayotganini e’tirof etdi. Xususan, parlament vakillari mamlakatimiz bilan ta’lim sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga ko‘mak berishini, Yaponiya Adliya vazirligi vakillari huquqiy sohada hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi. Bu boradagi loyihalar O‘zbekiston kelajagi uchun, yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochadi, hamkorligimizni yangi mazmun bilan boyitadi.

1 297
O‘zA