O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Prezident qarorini munosib ijro etaylik, bunda har birimizning oʻz vazifamiz bor

Prezident qarorini munosib ijro etaylik, bunda har birimizning oʻz vazifamiz bor

Davlatimiz rahbarining Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida qarori hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining 2020-yil Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi bayonoti eʼlon qilindi.

Prezidentimizning har bir bayramni, shuningdek diniy bayramlarimizni koʻtarinki ruhda nishonlashga boʻlgan eʼtiborini yuksak baholashimiz mumkin.

Xalqimizning uzoq yillik anʼanalarini oʻzida mujassam etgan bayramlarni davlat siyosati darajasida eʼtiborga olinishi ayniqsa pandemiya sharoitida yuksak ahamiyatga ega.

Bunga munosib javob qaytarish uchun esa har birimiz uyda qolib karantin qoidalariga amal qilishimiz lozim. Bu bilan oʻzimizni ham oʻzgalarni ham, yaqin doʻstu birodarlarimizni ham asragan boʻlamiz.

Yurtimizda shukuhi kezib yurgan Ramazon hayiti xalqimiz maʼnaviy hayotida beqiyos oʻringa egadir.

Rahmat va barokot bayramini oila davrasida nishonlaylik!

Mamlakatning bayram-tantanalari oʻziga xos anʼanalar, urf-odatlar, koʻtarinkilik bilan oʻtkaziladi. Sababi, bayramlar xalqimizning dini, madaniyati va tarixidan darak beradi. Milliy qadriyatlarini oʻzida aks ettiradi.

Shu jumladan, har yili yurtimizda Ramazon va Qurbon hayiti bayramlariga alohida tayyorgarlik koʻriladi.

Bu yilgi bayramlarimiz pandemiya sabab oila davrasida kutib olinmoqda.

Shu sababli Ramazonni ham uyda, oila davrasida kutib oldik. Buning quvonarli tomonlari ham bor albatta. Oilamiz uchun vaqtimizni ajratishga imkoniyat keng yaratildi.

Ramazon tashrifi ham milliy qadriyatlarimizga xos tarzda ahillik va hamjihatlik bilan oʻtdi. U pandemiya sharoitida tugʻilgan xavfu xatarni qalbimizdan uzoqlashtirib, ezgulik va saxovat ulashdi.

Pandemiya sabab, qiyinchiliklarga, sinovlarga bardoshli, kuchli va qatʼiyatli ekanligimizni butun dunyoga koʻrsata oldik.

Mamlakatimizda tinchlikparvar, insonparvar siyosat olib borilayotgani amalda yana bir bor oʻz isbotini topdi.

Ramazon moʻmin-musulmonlar qalbida mehr-oqibat kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.

Milliy — diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashimiz va ulugʻlashimizni ushbu bayramni oila davrasida karantin qoidalariga amal qilgan holda oʻtkazishimiz bilan amalda isbotlaylik!

Yurtimizda yana toʻy-tantanalar, shodiyonalar bardavom boʻlishi uchun ham karantin qoidalarini unutmagan holda, Ramazon bayramini moʻtabar va kichik vatanimiz boʻlgan oilamiz bagʻrida kutib olaylik.

Kamola Abduvaliyeva,
“Milliy tiklanish“ partiyasi 
Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi

809
O'zA