O‘zA O`zbek

24.09.2020 Chop etish versiyasi

Prezident nutqida muhim deb hisoblagan qator masalalar koʻtarildi

Prezident nutqida muhim deb hisoblagan qator masalalar koʻtarildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishini katta qiziqish bilan tingladim. 

Janob Prezidentni ushbu chiqishi bilan samimiy tabriklayman. Unda men muhim deb hisoblagan qator masalalar koʻtarildi.

Birinchidan, biz bilgan pandemiya masalasi. Maʼlumki u Oʻzbekiston va uning xalqiga qattiq zarba berdi. Bu mavzu xalq salomatligining muhimligini yana bir bor tasdiqlash va Oʻzbekistonga yordam qoʻlini choʻzgan davlatlarga minntadorchilik izhor qilish uchun koʻtarildi.

Ikkinchidan, bu borada qabul qilinishi kerak boʻlgan aniq chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchinchidan, Oʻzbekiston xalqaro hamkorlik, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstlik, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, Afgʻonistonda tinchlikni taʼminlash va uni rivojlantirishga qattiq ishonadi.

Toʻrtinchidan, Xalqaro hamkorlik BMT orqali amalga oshirilishi lozim.

Beshinchidan, Oʻzbekiston soʻnggi uch yilda qator islohotlar bosqichidan oʻtdi va hozirgi kunda Prezident demokratik jarayonlar yangicha tus olgan yangi Oʻzbekiston haqida gapirishi mumkin.

U bolalar mehnatining bekor qilinishi, inson huquqlarini taʼminlash, gender tengligi va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, eʼtiqod erkinligi va korupsiyaga qarshi kurash haqida soʻzladi.

Oltinchidan, qashshoqlikka qarshi kurash, global iqlim oʻzgarishi kabi muammolarga katta eʼtibor qaratildi. Orolboʻyidagi ekologik fojeani yumshatish boʻyicha aniq loyihalar taklif etildi.

Yettinchidan, yuqorida sanab oʻtilgan barcha masalalar boʻyicha aniq takliflar va tashabbuslar ilgari surildi.

Men Oʻzbekistonning oʻz davlati va xalqining iqtisodiy, ijtimoiy va demokratik taraqqiyotini taʼminlashga eʼtibor qaratgan holda, rivojlanish sari tobora intilayotganini koʻryapman.

Luidji Iperti,
“Italiya-Oʻzbekiston”
Savdo palatasi prezidenti

1 516
O'zA