O‘zA O`zbek

29.08.2018 13:30 Chop etish versiyasi

Prezident loyihalarni tezlashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi

Prezident loyihalarni tezlashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

29722389-7ce2-6aaf-bed3-d2f17b0372b0.jpg

Toshkent viloyatida joriy yilda 622 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Quyichirchiq tumanida velosiped ishlab chiqarish loyihasi ulardan biridir. Xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ushbu korxonaga 80 million dollar investitsiya yoʻnaltirish, 260 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev bu loyihaga alohida eʼtibor qaratdi. Velosiped ishlab chiqarishni koʻpaytirib, yoʻl boʻylarida yoʻlakchalar tashkil etib, velosipedda yurishni ommalashtirish zarurligini taʼkidladi.

“Bu sogʻlik degani. Odamlarimiz faqat mashinalarda yurmasdan, koʻproq velosiped haydasa, yuragi baquvvat boʻladi, umri uzayadi. Shuning uchun bu korxonani ishga tushirishni tezlashtirish kerak” dedi Prezident.

Korxona qurilishi joriy yil oktyabrda boshlanadi.

Davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, turizm sohalariga oid loyihalar boʻyicha ham mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

OʻzA
1 565