O‘zA O`zbek

03.04.2019 Chop etish versiyasi

Press-klubda soliq, taksichilar madaniyati mavzusi

Press-klubda soliq, taksichilar madaniyati mavzusi

Bugun Xalqaro- press klubning navbatdagi anjumani ”O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishning yangi tartiblari: zamonaviy yondashuvlar va muammolar tahlili” mavzusiga bag‘ishlandi.

Anjumanga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mubin Mirzaev, Oliy Majlis Senati a’zosi Boymatjon Rasulov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Nodir Muxtorov, O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jaev kabi mutasaddilar qatnashmoqda.

Anjumanda 1 iyul sanasida “kirakashlik” bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish lozimligi, taksi haydovchilarining madaniyati va boshqa mavzular muhokama qilinishi kutilmoqda.

1 060
O‘zA