Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2017 20:00 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizdagi “Horev medical center” klinikasida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori samarasida aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati kengaymoqda. Bu jarayonda xorijiy davlatlarning nufuzli klinikalari bilan hamkorlik alohida o‘rin tutmoqda.

Poytaxtimizdagi “Horev medical center” klinikasida Isroilning “Horev” shifoxonasi bilan hamkorlikda zamonaviy tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda isroillik mutaxassislar yuz-jag‘ va suyak sohasi nuqsoni, urologik va onkologik, umurtqa pog‘onasi va ichki xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Ko‘rikda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 300 ga yaqin bemorga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilib, zarur tavsiyalar beriladi.

– Vaqti-vaqti bilan oyoq bo‘g‘imlarim og‘riydi, – deydi Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi Matluba Sultonova. – Shu bois revmatolog shifokor qabulida bo‘ldim. Tibbiy tekshiruvdan so‘ng menga zarur muolaja tayinlashdi. Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnunmiz.

Xorijlik shifokorlar tomonidan sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirishga qaratilgan mahorat darslari o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Neyroxirurgiya ilmiy markazi, Travmatologiya va ortopediya respublika ilmiy-tekshirish instituti, Respublika onkologiya markazi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida seminarlar tashkil etiladi.

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA
2 031






Все о погоде - Pogoda.uz