Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 13:45 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda bir guruh yigitlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi

Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasida bir guruh chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Mudofaa vazirligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar bo‘lajak askarlarga yigitlik burchini sidqidildan ado etishlarini tiladi.

Tadbirda bugungi kunda ixcham, harakatchan va yuqori mudofaa qobiliyatiga ega milliy armiyamiz saflarida sog‘lom va baquvvat, aql-zakovatli, dunyoqarashi keng, ma’naviy-psixologik tayyorgarlikdan o‘tgan mard yigitlar xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

– Kollejda a’lo baholarga o‘qiganim, sport bilan muntazam shug‘ullanganim test va tibbiy ko‘rikdan, jismoniy tayyorgarlik sinovidan muvaffaqiyatli o‘tishimda muhim omil bo‘ldi, – deydi Yunusobod tumanida yashovchi Botir Sobirov. – Muddatli harbiy xizmat biz, yoshlar uchun Vatanimiz oldidagi yigitlik burchimizni o‘tash bilan birga haqiqiy hayot maktabi bo‘ladi. Biz bundan faxrlanamiz.

Marosimda bo‘lajak askarlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. San’atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
935






Все о погоде - Pogoda.uz