Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.07.2018 12:44 Chop etish versiyasi

Poytaxtda muhtasham bayroq o‘rnatildi

Poytaxtda muhtasham bayroq o‘rnatildi
Toshkent shahar hokimligi tomonidan partiya faollarining taklifi inobatga olinib, qisqa fursatda mahobatli bayroq o‘rnatildi.

Joriy yilning 21-iyunida uza.uz saytida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining “Yoshlar qanoti” mamlakatimizning ko‘p sonli yoshlari xohish-istaklarini inobatga olgan holda Toshkent shahar hokimligiga poytaxtimiz markazida yoshlarni vatanparvarlikka undovchi, xalqimizning g‘ururini aks ettiruvchi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha fuqarolarimizni birlashtiruvchi, poytaxtimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar va sayyohlarga millatimizning “men”ini namoyon etuvchi inshoot sifatida Davlat bayrog‘i maydonini yaratish taklifini bildirgan edi.

Partiya faollarining mazkur taklifi Toshkent shahar hokimligi tomonidan inobatga olinib, qisqa fursatda ana shunday mahobatli bayroq o‘rnatildi.

Poytaxt aholisi va mehmonlari uchun sevimli maydonga aylangan “Xalqlar do‘stligi” saroyi hududida o‘rnatilgan ushbu mahobatli Davlat bayrog‘ning balandligi 65 metr, hajmi 20 metrga 10 metr. Ayni paytda hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, shu yilning 22 iyulida maydon foydalanishga topshiriladi.

Mamlakat g‘ururi va iftixori – Davlat bayrog‘i o‘rnatilgan ushbu maydonga tashrif buyurgan har bir vatandoshimizga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlashiga shubha yo‘q. Qolaversa, yoshlarning vatanparvar, yurtga sadoqatli, komil inson bo‘lib voyaga yetishlariga ushbu salobatli bayroqning hissasi katta bo‘ladi, albatta. Zero, har bir fuqaro ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollaridan biri bo‘lgan bayroqni ulug‘lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

O‘zA
2 711