O‘zA O`zbek

19.09.2018 Chop etish versiyasi

Poytaxt yoʻllari bugungi talablarga javob beradimi?

Xoʻsh, bunday natijalarga qanday erishildi? Yoki poytaxt yoʻllari bugungi talablarga javob beradimi?

Bugungi kunda Toshkent viloyatida 3 ming 965 kilometr umumiy, shundan 400 kilometri xalqaro, 1 ming 241 kilometri davlat va 2 ming 324 kilometri mahalliy ahamiyatga ega yoʻllar mavjud.

Oʻtgan yillar mobaynida Toshkent – Andijon – Oʻsh, Toshkent – Samarqand – Buxoro, Toshkent – Chimyon – Chorvoq yoʻllari rekonstruksiya qilinib, birinchi toifaga oʻtkazildi. Toshkent – Chimyon – Chorvoq yoʻli 2 milliard 924 million, Parkent – Zarkent – Soʻqoq avtomobil yoʻlining 10 kilometrlik qismi esa 1 milliard 65 million soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga toʻliq taʼmirlandi. Bu jarayonda viloyat yoʻlsozlari “Katerpiller”, “Virtgen”, “Jibxerr”, “Xamm”, “Fogele”, “ABG”, “Daynapak”, “Hitachi”, “Komatsu”, “Kato”, “Nissan” kabi jahonda yetakchi kompaniyalarning zamonaviy texnika va uskunalaridan foydalandi.

Maʼlumotlarga koʻra, istiqlol yillarida viloyat hududida 235 kilometrdan ziyod yoʻllarda qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarilgan. Shuningdek, umumiy uzunligi 1 ming 200 metrdan ortiq 10 ta yoʻl oʻtkazgich, qariyb 10 ming 600 metrlik 44 ta koʻprik qurilib, rekonstruksiya qilingan.

Viloyatda 10 ming 300 kilometrdan ortiq ichki xoʻjalik yoʻllari mavjud. Transport qatnovi xavfsizligini taʼminlash va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida qishloqlarda yaroqsiz holga kelgan yoʻllar bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinib, tosh-shagʻal, asfalt-beton, sement-beton va qora qoplamali zamonaviy yoʻllarga aylantirilmoqda. Xususan, birgina oʻtgan yili 120 kilometrdan ziyod yoʻl taʼmirlandi.

Xoʻsh, bunday natijalarga qanday erishildi? Poytaxt yoʻllari bugungi talablarga javob beradimi? Shu va boshqa savollar, shuningdek, Toshkent shahri yoʻllari haqidagi maʼlumotlar sizni qiziqtirsa, tez orada javobini saytimizdan topasiz. Saytimizni kuzatib boring!

1 726
OʻzA