O‘zA O`zbek

12.09.2018 21:02 Chop etish versiyasi

Poytaxt transporti: kecha, bugun, ertaga

Poytaxt transporti: kecha, bugun, ertaga “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmati sifatini oshirish, tizimga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida xorijiy kompaniya va firmalar bilan muzokaralar olib borayapti. Shu maqsadda Koreya, Misr kabi davlatlarning yetakchi kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazildi.

Milliy matbuot markazida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati oʻtkazgan matbuot anjumanida aholiga transport xizmati koʻrsatish sifatini oshirish, mavjud muammolarni hal etish yoʻllari haqida maʼlumot berildi.

Avtobuslarda baʼzan haydovchi va chiptachilarning qoʻpol muomalasiga duch kelamiz, chipta berilmaslik holatlarini kuzatamiz. Qatnovlar vaqtining buzilishi, bekatlarda uzoq turib qolish kabi manzara yoʻlovchilar kayfiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Bu kabi holatlarning oldini olish uchun “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, avtobuslarning texnik sozligi nazoratini taʼminlash maqsadida haftaning seshanba va juma kunlari “Bosh muhandislar” kuni deb belgilangan. Ijtimoiy tarmoqlarda joriy etilgan “Yoʻlovchi nazorati” guruhi orqali yoʻlovchilarning noroziligiga sabab boʻlayotgan holatlar aniqlanib, bartaraf etilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJ tarkibida 9 avtobus saroyi, 4 unitar korxona mavjud, 133 yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bir oylik yoʻl chiptasi va avtobus jetonlari sotilmoqda.

M.Toshqorayeva, OʻzA
1 717