O‘zA O`zbek

03.09.2018 19:34 Chop etish versiyasi

Poyabzalga yashirilgan tillalar

Poyabzalga yashirilgan tillalar
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida havo yoʻllari orqali tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib oʻtilishiga qarshi chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy saytida keltirilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tilla va zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxs toʻxtatib qolindi.

Bojxona nazoratidan “qizil” yoʻlak orqali oʻtmoqchi boʻlgan fuqaro G.Z. bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining ogʻzaki soʻrovi paytida maʼlum qilmasdan turib, 207 gramm ogʻirlikdagi tilla taqinchoqlarni poyabzalining ichki qismiga yashirincha olib kirmoqchi boʻldi. Ammo, uning bu qingʻir rejasi naf bermadi. Mazkur zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 41 million 400 ming soʻmni tashkil qildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

OʻzA
3 950