Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.09.2017 17:19 Chop etish versiyasi

Buxoroda bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotlarining anjumani o‘tkazildi

Buxoroda bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotlarining anjumani o‘tkazildi – Bu yil dam oldirish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilgan edi, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi G‘.Safarov. – Vobkent tumanidagi sobiq “Yo‘ldosh” oromgohi negizida “Porloq kelajak” oromgohi yangidan qurildi. Shuningdek, “Yosh aloqachi”, “Yosh quruvchi”, “Moviy gulxan” oromgohlari ta’mirlandi, qator maskanlardagi sharoitlar yanada yaxshilandi. Umuman, mavsumda shahar tashqarisidagi 16 oromgohda 6 ming 958 nafar, maktablar qoshidagi 128 kunduzgi oromgohda 11 mingdan ziyod bola dam oldirildi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblari uchun “Neftchi” oromgohida “Intellektual rivojlantirish” oromgohi tashkil qilinib, 75 nafar iste’dodli o‘quvchi jalb etildi. Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida barcha oromgohlarda kutubxona, to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, turli madaniy-ma’rifiy, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda mavsum davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, faol tashkilotchilar, namunali deb topilgan oromgohlar va xodimlar rag‘batlantirildi.

“Porloq kelajak” oromgohi eng namunali bolalar oromgohi, deb e’tirof etildi.

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat), O‘zA
2 098






Все о погоде - Pogoda.uz