O‘zA O`zbek

15.08.2018 10:38 Chop etish versiyasi

Polietilen o‘ram bojxonachilarning diqqatini tortdi

Polietilen o‘ram bojxonachilarning diqqatini tortdi

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Namangan viloyati “Kosonsoy” chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan piyoda ravishda kirib kelgan fuqaro X.Yu. to‘xtatib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning qo‘l yuklari orasidagi polietilen o‘ram bojxonachilarning diqqatini tortdi.

Ushbu o‘ram xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, uning ichiga 50 gramm narkotik modda yashirilganligi aniqlandi.

Xo‘sh, fuqaro X.Yu. ushbu narkotik moddalarni kimga yetkazishni ko‘zlagan edi?

Shu maqsadda Namangan shahrida tezkor tadbir davom ettirildi va narkotik moddalarni “intiqlik” bilan kutayotgan fuqarolar D.Q. va Sh.Sh. ham qo‘lga olindi.

Namangan viloyati Markaziy dorixonasining xulosasiga asosan tezkor tadbir davomida daliliy ashyo sifatida olingan narkotik moddalar 50 gramm og‘irlikdagi “gashish” ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash va surishtiruvga jalb etish bo‘yicha tadbirlar davom ettirilmoqda.

O‘zA
2 058