Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.07.2018 20:02 Chop etish versiyasi

Piyoda har doim haq, lekin...

Piyoda har doim haq, lekin... Piyoda har doim haq deymizu biroq doimo bunday bo‘lavermaydi.

Joriy yil boshidan 22 iyul sanasiga qadar Toshkent shahrida 660 ta yo‘l transport hodisasi (YTH) ro‘y bergan. Sodir bo‘lgan YTHlarda 93 nafar odam olamdan o‘tgan, 786 nafari turli darajada jarohatlangan.

YTHlar o‘tgan yilga nisbatan bu yil 9,3 foizga, o‘lim bilan yakunlagan hodisalar 3,1 foizga , jarohatlanganlar soni 7,4 foizga kamaygan bo‘lsa-da, hamon nohush holatlar tez-tez uchrab turibdi. Xo‘sh, bunga kim aybdor? Ba’zilar haydovchilarni, ayrimlar piyodalarni ayblashadi.

Toshkent shahrining ko‘pgina katta ko‘chalarida piyodalar yo‘laklari to‘liq (zebra) chizilmaganini ham hisobga oladigan bo‘lsak, aybdor birgina haydovchi yoki piyodalar emas, balki mutasaddilar ham sababchidek tuyuladi.

“Zebra” chiziqlari nari borsa bir oyga qolmay ko‘rinmay qoladi. Haydovchilarning yo‘lovchilarga munosabati ham xuddi shunday o‘zgaruvchan. Ya’ni Yo‘l patrul xizmati xodimi oldida risoladagidek, agar YPX vakili bo‘lmasa, yo‘lovchi “zebra”da uzoq qolib ketishi mumkin. Piyodalar xususida ham shunday salbiy fikr bildirish mumkin. Yirik bozorlar yaqinida yer osti yo‘laklari bo‘la turib ular belgilanmagan joydan o‘tishga urinadilar. Oqibatda bozorlar yaqini doim tirband va yo‘lovchi, haydovchilar uchun ham birdek xavfli, noqulay bo‘lib qolaveradi.

Mana shunday dilni xira qiladigan holatlarni oldini olishda jamoatchilik nazorati yetishmayotgandek nazarimda. Bu borada Siz qanday fikrdasiz?..

Anora Sodiqova, O‘zA
1 905