Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.06.2018 17:20 Chop etish versiyasi

Pivo, aroq va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha badal to‘laydi

Pivo, aroq va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha badal to‘laydi
Endilikda, pivo, aroq va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar 2018-yil 1-iyundan Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga badal to‘laydi.

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga yig‘imlarni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Endilikda, pivo, aroq va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar 2018-yil 1-iyundan Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga 1 dal (1 dal – 1 dekalitr, ya’ni 10 litrga teng) sotilgan pivo hajmidan – 2000 so‘m, 1 dal sotilgan aroq hajmidan – 5000 so‘m, 1 ming dona sotilgan sigaretdan – 1000 so‘m to‘lab boradilar.

Ushbu to‘lovlar har oy yakunlari bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar to‘lanishi tartibi joriy etildi.

Shuningdek, ushbu yig‘imlar foyda solig‘i soliq solinadigan bazani aniqlashda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chegiriladi.

O‘zA
2 590