O‘zA O`zbek

20.12.2017 23:30 Chop etish versiyasi

Pillakorlarga 140 ta avtomobil va 700 ta telefon bepul tarqatildi

«Agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari rahbarlariga avtomashinalar, pillachilik agronomlariga zamonaviy smartfonlar sovg‘a qilinmoqda.

"O'zbekipaksanoat" uyushmasining matbuot xizmatining xabar berishicha, hozirga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi vakillarga 142 xizmat avtomashinasi va 710 dona telefon tarqatilgan.

Misol uchun, "Vodiy marjoni" korxonasi o'ziga biriktirilgan Uchko'prik tumanidagi "Agropilla" rahbariga xizmat avtomashinasi, 9 nafar pillachilik agronomiga telefon taqdim etgan.

O‘zbekiston, Beshariq, Dang‘ara, Furqat, Qo‘shtepa tumanlari va Quvasoy shahridagi "Agropilla" tashkilotlariga «Nurli Tong Silk» korxonasi tomonidan oltita xizmat mashinasi va ellikta zamonaviy smartfon ulashgan.

O'zA
6 330