O‘zA O`zbek

02.08.2018 15:56 Chop etish versiyasi

Namunali turarjoydan namuna topolmaganlar

Namunali turarjoydan namuna topolmaganlar
Gap shundaki, u uch yil avval tumandagi Yangiturmush qishlog‘ida qurilgan yangi uylarning birini sotib olgan edi. Oradan shuncha vaqt o‘tsa-da, fuqaroning boshi muammodan chiqmadi... 

Peshku tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘ini, Yangiturmush qishlog‘ida yashovchi fuqaro Botir Rahmatov murojaat qildi.

Murojaatda ta’kidlanishicha, fuqaro 2015-yil 31-mayda o‘zi istiqomat qiluvchi qishloqda qurilgan namunali turar joydan sotib olgan. O‘sha paytdan buyon yashab kelayotgan hovlida isitish moslamasi(katyol), rakovinalar o‘rnatilgan bo‘lsa-da sotib olganidan beri biror marta ishlamagani, ya’ni sifatsiz uskunalar o‘rnatilgan. Xonadon eshiklariga qulflar o‘rnatilmagan. Shuningdek, uyning ichkari qismi devorlari sifatsiz ta’mirlanganligi sababli devorlarga tirqishlar paydo bo‘lgan, hovlining supa qismi ham to‘liq ta’mirlanmagan. Fuqaro 3 yildan beri qurilish tashkiloti rahbariga qayta-qayta murojaat qilaverib charchagan.

Peshku tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari mazkur murojaat yuzasidan o‘rganish olib bordi va iste’molchi ta’kidlagan kamchiliklar haqiqat ekani aniqlandi. Qurilish tashkiloti rahbar va xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonuni asosida tushuntirishlar berildi. Qurilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar qurilish tashkiloti tomonidan bartaraf qilindi.

O‘zA
2 201