Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.03.2017 18:38 Chop etish versiyasi

Pensiya ma’lumotlari endi mobil telefonda

2017-yil 1-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslar uchun SMS-Pensiya interaktiv xizmati ishga tushirildi. Ushbu xizmat pensiya va nafaqa tayinlanishi, uning to‘lov muddatlari haqidagi ma’lumotlarni mobil aloqa vositasida olish imkonini beradi. Poytaxtimizda jamg‘arma tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu alohida qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil qilish, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, pensiya hamda boshqa to‘lovlar miqdorini qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilishni ta’minlashga mas’ul muhim davlat organidir.

«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida Pensiya jamg‘armasi rahbariyatining joylarda fuqarolar bilan uchrashuv jadvallari tasdiqlanib, shaxsiy qabullar tashkil etilmoqda. Tizimda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratilgan.

So‘nggi besh yillikda pensiya va nafaqa oluvchilar soni yiliga o‘rtacha 4 foizdan o‘sib, bugungi kunda 3 million nafardan ortiqni tashkil etmoqda. Ularga to‘lovlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida joriy yilning fevral oyi uchun talab qilingan mablag‘lar 2017-yilning 17-fevral sanasiga qadar to‘liq moliyalashtirildi.

Mazkur to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq to‘liq hajmda naqd shaklda yetkazib berildi.

Qayd etilganidek, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishida qonunchilik normalariga amal qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Shuningdek, pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilish jarayoni ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida (1140) "ishonch telefoni" ishlab turibdi.

Ishlovchi pensionerlarning pensiya mablag‘larini oson va qulay tarzda Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirishning interaktiv talabnomasi joriy etildi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Behzod Bozorov, O‘zA
599






Все о погоде - Pogoda.uz