O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

Paxtazorlarni payhon qilgan chorva egalari javob beradi

Paxtazorlarni payhon qilgan chorva egalari javob beradi

Shu kunlarda qishloq ahlining yaxshi tashvishlaridan biri yil boʻyi qilingan mehnat hisobiga yetishtirilgan paxta hosilini nest-nobud qilmay yigʻishtirib olishdir. 

Ammo ana shu ezgu ishga befarq qarab, oʻz chorva mollarini ozuqa uchun paxtazorga qoʻyib yuboradigan insonlar borligi achinarli albatta.

Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Gʻallaorol javohiri” fermer xoʻjaligi paxta maydonini “Mingchinor” qishloq fuqarolar yigʻini hududida yashovchi S.T. ga qarashli ikki bosh qoramol payhon qilib, 600 ming soʻmlik moddiy zarar yetkazgani aniqlandi. Xuddi shunday holat tumandagi “Paxtakor” qishloq fuqarolar yigʻini hududida ham kuzatildi. Hududda yashovchi Sh.A.ga tegishli qoramol “Chaqmoq jarangi” fermer xoʻjaligining paxta maydonini payhon qilgan.

Har ikki holat yuzasidan tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot multimedia guruhi xabarida.

1 561
Toshqul Beknazarov, OʻzA