O‘zA O`zbek

04.12.2019 Chop etish versiyasi

Paxta terimi chogʻida majburiy mehnatning har qanday turiga barham beriladi

Paxta terimi chogʻida majburiy mehnatning har qanday turiga barham beriladi

“Poytaxt” biznes markazida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlarining 2020-yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalari” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi.

Unda tegishli mutasaddilar, paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Maʼlum qilinishicha, qarordan koʻzlangan asosiy maqsad paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari yer, suv va boshqa resurslardan samarali hamda oqilona foydalanishi, hosildorlikni oshirishi va yetishtiriladigan paxta xom ashyosining oʻz vaqtida yigʻib-terib olinishi, shuningdek, uning chuqur qayta ishlanishini va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishning koʻpaytirilishini, va eng asosiysi, respublikada, paxta terimi chogʻida majburiy mehnatning har qanday turiga barham berishdan iborat edi.

2019-yilda, respublikamizning 118 tumanida 75 paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etildi va 701 ming gektar yer maydonida joriy paxta mavsumi yakuniga koʻra, klasterlar tomonidan 2065,3 ming tonna paxta (prognozga nisbatan 100,0%) yoki jami yetishtirilgan paxtaning 70 foizidan ortigʻi terib olindi shuni alohida taʼkidlash joizki 95,3 ming tonna (yoki 5.1%) 180dan ortigʻ zamonaviy paxta terish mashinalari bilan terib olindi.

Paxta terimiga 130 dan ortiq yangi paxta terish mashinalari sotib olindi va soʻngi 40 yil davomida ular yangilandi.

Maʼlumki, Respublikada ilk marotaba klasterlar tomonidan organik paxta yetishtirilishiga erishildi. Bunda Textile Technologies Group va Fanlar akademiyasi olimlari hamkorligida hech qanday kimyoviy yoki boshqa unsurlardan foydalanmagan holda organik paxta yetishtirildi va Yevropaning sertifikatlash kompaniyasi tomonidan sertifikatlandi.

Tadbir soʻngida, yil davomida samarali mehnat koʻrsatib, klaster tizimini rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshgan bir qator paxta-toʻqimachilik klasterlari vakillari faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

2 245
OʻzA