O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Paxta qo‘shib yozish holatining oldi olindi

Paxta qo‘shib yozish holatining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJ mansabdor shaxslari «S.R.» fermer xo‘jaligi rahbari O.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, jamiyatga kirim bo‘lgan 2.490 kg. paxta xom ashyosini qayta jamiyatga topshirish uchun olib kirgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan «Qo‘shko‘pir paxta tozalash» AJ mansabdor shaxslari, «S.R.» fermer xo‘jaligi rahbari O.K. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respuplikasi Bosh prokuraturasi.

1 758
O‘zA