O‘zA O`zbek

01.08.2018 19:15 Chop etish versiyasi

Pastdarg‘om tumani kengashining sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi

Pastdarg‘om tumani kengashining sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi Samarqand viloyati xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

2017-yil fevral oyidan buyon Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Ergashev Sobirjon Fayzullayevich o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha Tayloq tumani hokimi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Sa’dullayev Bahodir Safiyullayevich Pastdarg‘om tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
B.Sa’dullayev 2017-yil avgust oyida Tayloq tumani hokimi etib tayinlangan edi.

G‘.Hasanov, O‘zA
2 621