Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.09.2017 20:23 Chop etish versiyasi

Pasport – sharaf va mas’uliyat

Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 43 yurtdoshimizga biometrik pasport tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda O‘zbekistonda fuqarolikka qabul qilish borasida qonuniylik, insonparvarlik va ijtimoiy bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangan holda inson manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Farmonda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati, irqi, millati, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati hamda siyosiy va boshqa e’tiqodidan qat’iy nazar, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirgan vaqtda turli obyektiv va boshqa hayotiy sharoitlarga ko‘ra mamlakat tashqarisida bo‘lgan mahalliy aholi, shuningdek, boshqa mamlakatlarda tug‘ilib-o‘sib, O‘zbekistonni o‘z Vatani sifatida dildan tan olgan, uning taraqqiy etishi va gullab-yashnashi uchun munosib hissa qo‘shganlar qabul qilinishi alohida qayd etilgan.

Fuqarolik pasportini olgan yurtdoshlarimiz mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson manfaatlarining to‘laqonli himoyasi hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

– Prezidentimizning inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lida ko‘rsatayotgan e’tibori tufayli mana shunday baxtga erishdim, – deydi Hamdam Davlatov. – Bugun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi – inson huquq va erkinliklari ta’minlangan yurtning teng huquqli a’zosi bo‘ldim. Pasportni qo‘lga olganim menga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Buni o‘zim uchun yuksak sharaf deb bilaman. Bu baxtni menga tuhfa etgan Prezidentimizga, xalqimizga yanada sadoqat bilan xizmat qilaman.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganlarga fuqarolik pasportini Toshkent shahar hokimi R.Usmonov tantanali ravishda topshirdi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
1 632






Все о погоде - Pogoda.uz