O‘zA O`zbek

12.07.2019 11:27 Chop etish versiyasi

Partiya yetakchisi YeXHT ekspertlari bilan uchrashdi

Partiya yetakchisi YeXHT ekspertlari bilan uchrashdi

2019 yil 11 iyul kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashida partiya raisi Alisher Kadirov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasi rahbari - saylovlar bo‘yicha departament boshlig‘i Aleksandr Shlыk, saylovlar bo‘yicha maslahatchi Ulvi Axundlu, YeXHTning Parlament assambleyasi dasturlari bo‘yicha xodimi Farima Daftarilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ekspertlarga partiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, partiya tomonidan ilgari surilayotgan g‘oya va tashabbuslar, shuningdek bugun partiya tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqotda YeXHT DIIHB vakillari joriy yilning dekabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda partiyaning ishtiroki yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldi.

O‘zA
501