Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.01.2018 14:14 Chop etish versiyasi

Partiya loyihasi asosida 23 yangi ish o‘rni yaratildi

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining "O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorlik boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida 23 yangi ish o‘rni yaratildi.

O‘zLiDePning ushbu loyihasi doirasida tumanning O‘smat shaharcha fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Akmal Sulaymonovga issiqxona tashkil etishi uchun 6 sotix yer maydoni ajratilishi, Qatortol qishlog‘ida yashovchi 11 nafar fuqaroga issiqxona tashkil etishi uchun “Agrobank” tuman bo‘limidan kredit mablag‘i olishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 23 yangi ish o‘rni yaratildi.

Loyihani amalga oshirish davomida tumandagi boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari va faollari 129 xonadonda bo‘lib, ularning oilaviy sharoitini o‘rgandi. O‘rganishlar davomida 38 oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi.

– "O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorlik boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi shaxsiy tomorqa egalarini qo‘llab-quvvatlashdagi samarali tadbirlardan biri bo‘ldi, – deydi O'zLiDeP Jizzax viloyati kengashi boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash guruhi rahbari Xolbek Asadov. – Shu maqsadda viloyatdagi barcha boshlang‘ich tashkilotlar oilaviy tadbirkorlarni, shaxsiy tomorqa egalarini qo‘llab-quvvatlashda faol ish olib bormoqda. Loyiha doirasida o‘tgan yili partiya faollari viloyat bo‘yicha 1 ming 500 dan ziyod oilaga kirib, ularning muammosini o‘rgandi. O‘rganishlar natijasida ushbu oilalardan 349 tasiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
6 531