Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 16:38 Chop etish versiyasi

Partiya «Davlat tilini boyitish va yanada takomillashtirish, til madaniyatini yuksaltirishning dolzarb masalalari» mavzuida ochiq muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida «Davlat tilini boyitish va yanada takomillashtirish, til madaniyatini yuksaltirishning dolzarb masalalari» mavzuida ochiq muloqot o‘tkazildi.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari S.Otamurodov, universitet rektori Sh.Sirojiddinov va boshqalar o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi tarixi, davlat tilining huquqiy asoslarini takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va bu borada parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi haqida so‘z yuritdi.

Milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tiliga yuksak e’tibor tufayli 1989-yil 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Konstitutsiyamizning 4-moddasida o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yildi. O‘zbek tili mustaqil davlatimizning ramzlari qatorida turadigan va qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.

Istiqlol yillarida davlat tilini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirildi. Har yili 21-oktabrni til bayrami sifatida nishonlash an’anaga aylandi. O‘zbek tilini ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, ona tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan turkum ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, yangi lug‘atlar chop etildi.

Muloqotda o‘zbek adabiy tili me’yor va qoidalari buzilishining oldini olish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
979






Все о погоде - Pogoda.uz