Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

29.04.2016 16:56 Chop etish versiyasi

Parlament komissiyasi yig‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Parlament komissiyasi raisi A.Saidov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilining izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgani jamiyatimizda demokratik islohotlarni yanada rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va rolini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijro etishda nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat granti ajratish bo‘yicha e’lon qilingan birinchi va ikkinchi tanlov natijalari muhokama etildi.

Mazkur tanlovlarga uch yuz ellikdan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari to‘rt yuzga yaqin loyihalarni taqdim etgan. Birinchi tanlovda aholining tibbiy madaniyatini yanada oshirish, onalik va bolalikni muhofazalash, ayollar manfaatini himoyalash va bandligini ta’minlash, oila institutini mustahkamlash kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan qirq beshta loyiha g‘olib deb topilib, ularni moliyalashtirish uchun 1,1 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Ikkinchi tanlovda yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash, mahalla institutining jamiyatimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng yoritishga qaratilgan o‘ttizta loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun 750 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Yig‘ilishda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka yo‘naltirish, oilaviy biznesni rivojlantirishga davlat granti ajratish bo‘yicha uchinchi va to‘rtinchi tanlovlarni e’lon qilish yuzasidan fikrlashildi. Bu boradagi vazifalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha Parlament komissiyasining tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tadbirlar o‘tkazish rejasi va dasturi tasdiqlandi.

Bahor Xidirova, O‘zA
1 986






Все о погоде - Pogoda.uz