O‘zA O`zbek

15.08.2018 12:22 Chop etish versiyasi

Oyga avtomatlashtirilgan stansiya jo‘natiladi

Oyga avtomatlashtirilgan stansiya jo‘natiladi

Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi 15-avgust kuni omma oldidagi navbatdagi chiqishida hukumat kosmosga 2020-yilgacha o‘z uchuvchilari missiyasini jo‘natishini ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda “RIA Novosti“ .

Bosh vazir mamlakat mustaqilligi tantanasi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda so‘zlagan nutqida “Biz 2020-yilga qadar yoki undan avvalroq hind xalqining kosmosga tashrifini reja qildik. Endi hind farzandi qo‘lida mamlakat bayrog‘ini tutgan holda kosmosga parvoz etadi. Men xalqimiz oldida ushbu yangilikni e’lon qilishdan mamnunman”, deya ta’kidladi.

Mamlakat mustaqillikka erishgandan buyon o‘z kosmik dasturi ustida ishlab keladi. Kosmik tadqiqotlar davlat idorasi rahbarligida ilmiy izlanishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Hindistonning hozirgi kosmik tadqiqotlarida “Chandrayan-2“ eng asosiy loyiha hisoblanadi. Ushbu loyiha 2008 yilda oyga yuborilgan uskuna “Chandrayan-1“ loyihasining davomidir. “Chandrayan-2“ loyihasiga ko‘ra, mamlakat oyga avtomatlashtirilgan stansiya jo‘natadi. 
Eslatib o‘tamiz, dunyo mamlakatlari orasida Rossiya, Xitoy va Qo‘shma Shtatlar oyga parvoz uyushtirgan edi.

Z. Mirzaboyeva, O‘zA
1 910