O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

10.09.2018 15:54 Chop etish versiyasi

Ota-onalar universitet sharoiti bilan tanishtirildi

Ota-onalar universitet sharoiti bilan tanishtirildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida birinchi bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Professor-oʻqituvchilar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etgan ushbu tadbirda universitet rektori Bahodir Xodiyev va boshqalar mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, xususan, yoshlarning puxta bilim olishi uchun oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini yanada yaxshilash borasida samarali ishlar qilinayotganini taʼkidladi.

Joriy yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr bosqichiga 500 dan ortiq talabalar qabul qilindi. Oʻquv xonalarida barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Nufuzli xorijiy taʼlim muassasalari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

Uchrashuvda universitetdagi shart-sharoitlar, talaba odobi, ularning taʼlim olishi boʻyicha hamkorlikdagi ishlar koʻlami, oldinda turgan vazifalar muhokama qilindi. Bu borada maxsus tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.

Tadbir davomida ota-onalar yaratilgan shart-sharoitlar uchun davlatimiz rahbari va universitet jamoasiga oʻz minnatdorligini bildirdi. Talabalarga omad tilab, universitet bilan hamkorlik qilish yuzasidan oʻz takliflarini aytib oʻtdi.

Gulnoza Boboyeva, OʻzA