O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

Orolning qurigan maydonida oʻrmonlashtirish ishlari davom etmoqda

Orolning qurigan maydonida oʻrmonlashtirish ishlari davom etmoqda
El boshiga ish tushsa…


Butun dunyoni, jumladan, yurtimizni ham koronavirus infeksiyasi xavfga solib turgan bir paytda Orolning qurigan maydonida oʻrmonlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

–Hozir daraxtlarni ekishning ayni payti. Koronavirusga qarshi sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilib, markazimizning barcha xodimlari belgilangan vazifalarni amalga oshirmoqda. Har bir kishi, avvalo, oʻzini erkin tutishi zarur. Vahimaga oʻrin yoʻq. Shunchaki, Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti hamda hukumatimiz tomonidan taʼkidlanayotgan qoidalarga qatʼiy rioya qilsak bas. Hozirda oʻzim ham ekin maydonidaman. Toza havo insonning immunitetini mustahkamlaydi. Jismoniy mehnat ham ming dardga davo, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi direktori Nurlibek Mirzamuratov.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori bilan “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bogʻim”) agro va ekoturizm loyihasi amalga oshirilishi belgilangan edi.

Loyihaning asosiy maqsadi butun dunyo vakillari va mahalliy aholining Orol dengizining qurishi oqibatlarini yengib oʻtishda bevosita ishtirok etish hissini uygʻotish va shu orqali Orolboʻyi aholisi turmush darajasini yana-da oshirishga hissa qoʻshishdir. Shu maqsadda Oʻzbekiston uchun noyob boʻlgan aholi tomonidan koʻkalamzorlashtirish loyihasi yaratildi va daraxtlarni ekish uchun mablagʻ yigʻiladigan kraudfanding (aholi moliyalashtiruvi) platformasi ishga tushirildi.

791
Ye.Qanoatov, OʻzA