Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.09.2017 14:51 Chop etish versiyasi

Oqoltin tumani mahallalarida uyushmagan yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tashabbusi bilan “Yoshlar – kelajak tayanchi” loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri hamda Oqoltin tumani mahallalarida uyushmagan yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Ularda O‘zbekiston XDP Markaziy va viloyat kengashlari mas’ul xodimlari, shahar, tuman hokimliklari vakillari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya guruhi a’zolari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlari xodimlari, mahalla faollari, uyushmagan yoshlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samara berayotgani, ayni paytda bundan keyingi taraqqiyotimiz bugun o‘sib-unib kelayotgan navqiron avlodning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviyati va intellektual salohiyati bilan bog‘liq ekani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

– Muloqotda fuqarolar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va uyushmagan yoshlarning murojaatlari, shuningdek, partiyaning jamoatchilik qabulxonasiga kelib tushayotgan arizalar asosida partiya xodimlari va deputatlar tomonidan joylarda jinoyatga moyil, jazoni o‘tab chiqqan, notinch oila va ota-onasi uzoq muddatga chet elga ketgan oila farzandlari, diniy ekstremistik oqimga qo‘shilib qolgan yoshlarning ruhiy holati, yashash sharoiti o‘rganildi, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.Tursunboyev. – O‘z oldiga mana shunday maqsadlarni qo‘ygan loyihaga asosan partiya vakillari mahallalarda istiqomat qiladigan uyushmagan yoshlar bilan yakka tartibda, uyma-uy yurib muloqot qilmoqda.

Oilasidagi ma’naviy muhit barqaror bo‘lmagan uyushmagan yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlar jarayonida ular oldida turgan muammolarning asl sababi o‘rganildi va mazkur muammolar yechimlari hamkor tashkilotlar mutasaddilari bilan birgalikda muhokama qilinib, imkon qadar joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi. Loyiha doirasida uyushmagan yoshlarga “Ochiq osmon ostidagi uchrashuv” spektakli namoyish etildi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
2 483






Все о погоде - Pogoda.uz